McDonald's'ning eng keksa xodimi Singapurdan topildi

17:02, 04 may

McDonald's kompaniyasining eng keksa xodimi  Singapurdan topildi. Bu 92 yoshli Gox Gvek Eng ismli ayol bo`lib, 18 yildan beri shu kompaniyada xizmat qilib keladi.  

Uning besh nafar farzandi, 10 nabirasi va 20 chevarasi bor, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

“Bolalarim uyli-joyli bo`lib ketgandan keyin, zerikdim va shu erga ishga kirdim”, - dedi Gox Gvek Eng. U ishlaydigan restoran uyiga yaqin joyda joylashgan.

Ayol ancha yoshga kirganiga qaramay, nafaqaga chiqishni xayoliga ham keltirmaydi. Uning aytishicha, sog`ligi ko`targuncha mehnat qilishni istaydi. Hamkasblari ish jarayonida undan yordamlarini ayashmaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!