Moskvada bayramda terakt uyushtirishni rejalashtirgan bir guruh shaxslar aniqlandi

09:45, 05 may

Federal xavfsizlik xizmati xodimlari 9 may bayramida terakt uyushtirishni rejalashtirgan bir guruh Markaziy Osiyolik fuqarolarni aniqladi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

“Rossiya Federasiyasi federal xavfsizlik xizmati tomonidan Moskva shahrida o`tkazilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan, Suriya va Turkiya hududlarida harakatda bo`lgan terroristik tashkilotlarning topshirig`i bilan may bayrami kunlari Moskva shahrida terakt uyushtirishni rejalashtirgan bir guruh fuqarolar aniqlandi”, – deb xabar berdi federal xavfsizlik xizmati. 

Ulardan katta miqdorda portlovchi moddalar va o`q otish qurollari olingan, qo`lga tushgan fuqarolar ayblarini tan olishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!