Xitoyda oyoq va qo`l barmoqlari 31 ta bo`lgan bola dunyoga keldi

10:19, 05 may

Xitoyda qo`lida 15 ta, oyog`ida 16 ta barmog`i bo`lgan bola dunyoga keldi, deb xabar berdi “Life.ru” nashri. Qizig`i shundaki, bolaning onasi ham polidaktiliya (ko`p barmoqlilik)dan aziyat chekkan. Ayol homiladorlik paytida ultratovush tekshiruvidan o`tganda, shifokorlar bola hech qanday anomaliyasiz rivojlanayotgani, faqatgina ortiqcha barmoqlar bilan tug`ilishini ma`lum qilgan.  

Shifokorlarning aytishicha, chaqaloqni hozir operasiya qilishning iloji yo`q. Chunki bola kichkina bo`lganligi uchun organizmi anesteziyani ko`tara olmaydi. U bir yoshga to`lib, suyaklari qotmagunga qadar, operasiya qilishning iloji bo`lmaydi. Bundan tashqari, bunday qimmat operasiyani o`tkazishni bola ota-onasining cho`ntagi ko`tarmaydi. Ular operasiya uchun homiy qidirishmoqda.

Polidaktiliya keng tarqalgan irsiy kasalliklardan biri hisoblanib, er yuzida har 5000 chaqaloqdan biri 6 ta barmoq bilan tug`iladi. Eng ko`p barmoqli odam deb hindistonlik — qo`lida ettita, oyog`ida o`ntadan barmog`i bo`lgan Akshatu Saksena hisoblanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!