“Real” Chempionlar ligasida “Arsenal” rekordini takrorladi

10:25, 05 may

Madridning “Real” jamoasi EChL yarim final javob o`yinida “Manchester Siti” futbolchilarini 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, final yo`llanmasini qo`lga kiritdi

Mazkur uchrashuvda gol o`tkazib yubormagan madridliklar EChL doirasida 10 ta uchrashuvda o`z darvozalarini dahlsiz saqlagan va “Arsenal”ning 2005/06 yilgi mavsumda “quruq” o`yinlar o`tkazish bo`yicha qayd etgan rekordini takrorladi. 

Gol o`tkazib yuborilmagan o`yinlarning 10 tadan 9 tasida Keylor Navas, 1 tasida Kiko Kasilya darvozada turgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!