Sevimli insondan ayriliqni yengishning eng maqbul 5 usuli

10:38, 05 may

Hamma ayriliqni turlicha boshdan kechiradi. Odam bir narsasini yo`qotsa o`rniga yangi narsa sotib oladi. Munosabatlarda ham xuddi shunday, inson yaqin kishisidan ayrilsa, uning o`rniga boshqa inson keladi. Agar yaqin odamingizni yo`qotgan bo`lsangiz, depressiya holatiga tushmaslik uchun “Lady.ru” nashrining quyidagi maslahatlariga amal qiling

№1- maslahat:  O`tmish xotiralarini qalbingizdan chiqarib tashlang

Ayriliqdan keyin qalbingizdagi bo`shliqni yangi energiya bilan to`ldirish lozim. Uni to`ldirish uchun esa qalbingizdan o`tmish qoldiqlarini chiqarib tashlang. Jarayonni tezlashtirish uchun butun organizmingizni va yuragingizni og`ritish, zo`riqtirish shart emas. Bu stressni engish uchun qalbingizning ozgina qismining og`rishiga ruxsat bering, keyin esa uni xotirjamlik bilan engishga harakat qiling. Yashash uchun harakat qilsangiz, og`riqni engishingiz oson kechadi, yana hayot quvonchlaridan bahramand bo`lasiz.

Ertalab jismoniy mashqlar bilan shug`ullaning, do`stlaringiz bilan kinoga, teatrga, diskotekaga, boulingga boring. Jismoniy va emosional harakatlarni talab qiladigan mashqlarni bajaring. Bunda yangi his-tuyg`ularni his qilish, boshdan kechirish muhim ahamiyat kasb etadi.

№2-maslahat: Ko`nglingiz tusagan ishni bajaring

Munosabatlarga chek qo`yish kasallik ya`ni, jismoniy emas, ruhiy kasallikdir. Agar biror joyimiz og`rib qolsa, tuzalish uchun turli dori-darmonlarni qabul qilamiz. Yaqin insoningizdan ayrilganingizdan keyin ruhiy-immun tizimingizni yaxshilashingiz, qalbingizni davolashingiz zarur bo`ladi. O`ylab ko`ring, buning qanday yo`li bo`lishi mumkin? Yaxshisi, chiroyli musiqa tinglang, rasm chizing, qo`shiq ayting, mutolaa qiling. Ko`nglingiz tusagan ishni bajaring. 

№3-maslahat: Uni kechiring!

Yaqin insoningiz bilan birga yashagan davrlaringizdan bir olam quvonchli xotiralar qoladi, shularni xayolingizda jonlantiring. Bu yoqimli damlar uchun unga xayolan rahmat ayting. U haqidagi yaxshi fikrlar bilan juftingizni qo`yib yuboring. Qalbingizda unga nisbatan xafagarchilik va nafratni saqlamang, bo`lmasa biror tana a`zongiz kasal bo`lib qolishi mumkin. Negativ xayollardan voz keching. O`zingizni barcha yomon fikrlardan tozalab, faqat yoqimli xotiralarni saqlab qoling. 

№4-maslahat: Uni qo`yib yuboring!

Sevgan odaming bilan kelajakdagi rejalar birlashtirib turadi. Uni yo`qotgach, xuddi kelajagimizdan ham ayrilganday bo`lamiz. Qanday yashashni, nima qilishni bilmay qolamiz. Aynan shu narsa emosional bog`lanish deb ataladi. Kelajagimizni yaqin insonimiz bilan bog`laganimiz sababli undan ayrilganda og`ir ahvolga tushib qolamiz. Bu erda muhabbat emas, balki unga emosional bog`lanish haqida gap ketmoqda. Mana shu fikrning o`zi juftingizdan xafa bo`lmay, uni qo`yib yuborishga asos bo`ladi. Kelajagingiz uning emas, o`zingizning qo`lingizda ekanligini anglaysiz. Siz o`zingiz yaratgan filmning bosh qahramonisiz. Endi kelajakka mustaqil nazar tashlang. Kim biladi deysiz, balki u erda sizni oldingisidan ko`ra, baxtliroq hayot kutayotgandir?

№5-maslahat: Faqat baxtli kelajak haqida xayol suring

Oradan besh-olti yil o`tganini, o`zingizni baxtli, omadi kelgan, sevimli inson qiyofasida tasavvur qiling. Bunday yaxshi o`y-fikrlar kelajagimizni belgilaydi. Agar faqat yomonlik haqida xayol suradigan bo`lsangiz, albatta bunday yomon voqealar sizni chetlab o`tmaydi. O`z qobig`ingizdan chiqishga, yomon xayollarga berilish o`rniga, baxtli kelajagingiz haqida o`ylashga harakat qiling. Uni qanday orzu qilsangiz, u shundayligicha amalga oshadi. Hayotingizni yaxshi tomonga o`zgartirish imkoniyatini qo`ldan boy bermang! Yana baxtli insonga aylanishga harakat qilishdan to`xtamang!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!