Toshkentda talonchilik fosh etildi

10:43, 05 may

Toshkent shahar Yunusobod tumani hududida 36 yoshli mahalliy aholi vakili 39 yoshli fuqaroning sariq metalldan yasalgan zanjirini yulib olib ketayotganida qo`lga olindi.

Jinoyatchi shu erda xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qo`lga olindi va jinoyat to`liq fosh etildi. 

O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!