Xojiakbar Xaydarovning ilk jonli konsertiga tashrif buyurganlar uning ovoz imkoniyatini yuqori baholashdi

11:32, 05 may

Endigina san`at olamiga qadam qo`ygan Xojiakbar Xaydarov 2 may kuni “Inson” deb nomlangan ilk albomini ommaga taqdim etdi. 

Bir-birini takrorlamaydigan qo`shiqlar guldastasidan tashkil topgan ushbu albomdan  xonandaning 8 ta vidioklipi, 15 ta yangi taronalari hamda otasi Nuriddin Xaydarovning birqancha qo`shiqlarining farzandi Xojiakbar Xaydarov tomonidan  qaytadan ijro etilgan varianti o`rin olgan. 

Albom taqdimoti marosimiga Xojiakbar Xaydarovni tabriklash uchun uning ko`plab yaqin san`atkor do`stlari, otasining yaqin shogirdlari, hamkasblari tashrif buyurishdi. 

Ushbu kechaga  tashrif buyurgan xonandalar o`zlarining dil izhorlari bilan bir qatorda bir juft qo`shiq ham ijro etishdi. O`zbekiston xalq artisti Sherali Jo`raevning farzandi Zohirshoh Jo`raev “Otam shogirdlarim orasida xuddi men kabi, ko`nglimdagidek  qo`shiq kuylagani  rahmatli Nuriddin Xaydarov edi, bolalik chog`larimizda ham bu maqtovni Nuriddin akaning o`zlariga ko`p bora aytganlarining guvohi bo`lganman”  deya tabrik so`zini boshladi. 

Ushbu dasturning asosiy o`ziga xos jihati Xojiakbar Xaydarov shu kungacha tayyorlagan 15 dan  ortiq yangi qo`shiqlarini ilk marotaba muxlislari va mehmonlar uchun jonli ijroda kuyladi.

Taqdimot marosimiga tashrif buyurganlar yuqori pardalarda kuylangan ohanglardan xonandaning ovoz imkoniyati naqadar keng miqyosda ekanligining guvohi bo`lishdi va bunga yuqori baho berishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!