Asli ismi Dilnoza bo`lgan Parizoda tahallusining sirini ochdi

12:20, 05 may

Bugun juda ko`plab san`atkorlar taxallus bilan ijod qilishadi. Ularning ko`pchiligi o`z ismi bilan deyarli chaqirilmaydi. Xonanda Alisher Fayz konsert dasturlaridan birida raqqosa Parizodaning asl ismi Dilnoza ekanligini oshkor qilmaganida, ehtimol muxlislar uning asl ismini bilmagan ham bo`lishardi.

Xo`sh, Dilnozaning Parizoda bilan qanday bog`liqligi bor? “Bekajon” nashri ushbu savol bilan qiziqdi:

“Bolaligimdan dadam meni Parizoda deb chaqirardi. Men tug`ilgan vaqtimda, dadam Moskvada bo`lgani sababli ismimni Dilnoza qo`yishgan, dadamning o`zi Parizoda deb ism qo`ymoqchi bo`lgan. Maktab davrida sinfda 3 ta, kollejda 4 ta Dilnozalar o`qirdik. Dilnozalar ko`p bo`lgani sababli o`zimni Parizoda deb tanishtirganman. Menimcha, men tug`ilgan vaqtda Dilnoza ismi urf bo`lgan. Shundan so`ng hamma meni Parizoda deb ataydigan bo`ldi. Hattoki hujjatlarga qarab, kimdir meni “Shermatova Dilnoza shu erda o`qiydimi” deb kelishsa, kursdoshlarimiz “yo`q” deb javob beradigan bo`lishdi. Chunki meni hamma Parizoda ismi bilan qabul qilib bo`lgandi-da. Keyinchalik mashhur bo`lib ketishimni umuman kutmaganman. Muxlislarim meni ushbu nom bilan chaqiradigan bo`ldi.”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!