Uch dumli mushuk ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi. (Video)

15:29, 05 may

Rossiyaning Astraxan viloyati Axtubinsk shahrida yashovchi Svetlana Birilyuk ijtimoiy tarmoqqa uch dumli mushukning videosini joyladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Ayolning yozishicha, bu haqiqatan ham hayotda mavjud bo`lgan uch dumli mushuk, ammo YouTube'da videorolikning haqiqiyligiga shubha bildirilgan.   

Kadrda bitta dumi odatdagi joyida, qolgan ikkitasi yon biqinlaridan osilib turgan mushuk tasvirlangan. Ayolning aytishicha, g`alati mushukni birinchi marta ko`rishi emas, ammo yaqinda uni videoga tushirishga muvaffaq bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!