Hindistonda suv parisiga o`xshash bola dunyoga keldi (FOTO)

15:41, 05 may

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Saxaranpur shahrida 22 yoshli ayol kamdan-kam uchraydigan sindrom, oyoqlari qo`shilib ketgan, suv parisiga o`xshash bolani dunyoga keltirdi, deb xabar berdi “Topnews.ru” nashri.

Chaqaloqning tanasi baliqning tanasini, qo`llari suzg`ichni eslatadi. U bor-yo`g`i 10 daqiqa umr ko`rdi. Bolaning onasi homiladorlik vaqtida hech nimadan shikoyat qilmagan, faqat so`nggi ultratovush tekshiruvi bolaning buyraklari rivojlanmaganini ko`rsatgan.  

Chaqaloqning bunday tug`ilishiga onasining ko`p miqdorda dori-darmon iste`mol qilgani, vitamin tanqisligi, genetikasi va qon aylanishida muammolar bo`lgani sabab bo`lgan. Bunday holda jarrohlik operasiyasi o`tkazishning hech qanday iloji yo`q, ba`zi bir hollardagina buyrakni ko`chirib o`tkazish mumkin, ammo bu narsa bolaning hayotini saqlab qolishga kafolat bo`la olmaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!