Sardor Rahimxon hayotidagi eng katta armoni haqida gapirdi

15:54, 05 may

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon hayotidagi eng katta armoni haqida gapirdi.

Xonanda “Tasvir” nashri muxbirining “Muvaffaqiyatingiz siri nimada” degan savoliga quyidagi javobni berdi va hayotidagi eng katta armoni nima ekanligini aytdi:  

–  Erishgan yutuqlarim siri, avvalo hudoning hohishi, qolaversa, rahmatli otamning duolarida deb o`ylayman. Vafotlaridan oldin, kasal bo`lib yotgan vaqtlarida “O`g`lim mana shu og`ir kunlarinda bitta ham do`sting yoningda yo`q, boshingga ancha sinovlar keldi. Lekin hali hammasi oldinda, seni doim duo qilaman. Hali do`stu dushmanlar oldida yuzing yorug` bo`ladi, ko`rmagan omadlaringni ko`rasan! Boshingni mag`rur ko`tarib yur, bolam!” deb duo qilganlar. 

Otam mening eng katta boyligim edilar. Tirik vaqtlarida quchoqlab, bag`rimga bosib, dildan gaplashgan vaqtlarim juda kam bo`lgan... Otamning yonlarida bo`lishim kerak bo`lgan qancha vaqtimni boy berganim, u kishiga “Sizni yaxshi ko`raman, otajon! Siz bilan fahrlanaman!” degan gaplarni aytolmaganim – eng katta armonim...

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!