Suriyaning Xoms yaqinida ikkita portlash sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

16:18, 05 may

Bugun Suriyaning Xoms yaqinidagi Al-Muhrim al-Fuqqaniy aholi yashash punktida ikkita portlash sodir bo`ldi. 

Portlash oqibatida qurbon bo`lganlar soni 12 nafarni tashkil qildi, 40 dan ortiq kishi yaralandi.

Avvaliga mina o`rnatilgan mashina va motosikl portlatilgan, voqea joyiga odamlar to`planganidan so`ng esa hudkush belidagi portlash moslamasini harakatga keltirgan.

Hozircha teraktlar uchun javobgarlikni hech qaysi terrorchilik guruhi bo`yniga olmadi. Suriyada faol guruhlardan biri “Islom davlati” va “Jabhot an-Nusra” sanaladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!