Facebook’ning “Voditeli Tashkenta” guruhi urush faxriylari uchun uyushtirilgan tadbirda faollik ko`rsatishdi (Foto)

09:55, 06 may

5 may kuni “Do`rmon Bog`i” to`yxonasida Ulug` Vatan Urushi  va front orti faxriylariga Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan dasturxon yozildi. 

Tadbirning asosiy tashkilotchisi bo`lib O`zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi qatnashdi.

Bugungi kunda yurtimiz haydovchilarining eng yirik jamoasi hisoblangan Voditeli Tashkenta (Drivers.uz) guruhi faollari o`z tashabbuslari bilan ushbu tadbirda faxriylarni transport vositalari bilan ta`minlash, ya`ni ularni to`yxonaga shaxsiy avtoulovlarida olib kelib, tadbir tugagandan so`ng har birlarini uylarigacha kuzatib quyishda beg`araz yordamlarini taklif qildilar. 

Jamiyat faollari ushbu tadbirga mas`uliyat bilan yondashib, uni ajoyib tarzda tashkil etishga muvaffaq bo`ldilar. Hurmatli faxriylarimiz uchun urush vaqti qo`shiqlari disklarga yozib, avtoulovlarda eshittirildi hamda avtomobillar bayramona kayfiyatda bezadilar.

       

«Voditeli Tashkenta» (Drivers.uz) jamoasi “Nuroniy” jamg`armasiga mazkur tadbirni o`tkazishda ko`rsatgan ishonchlari uchun o`z minnatdorchiliklarini izhor qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!