49 yoshi Janet Jeksonning ilk marotaba homiladorligi haqida xabarlar tarqaldi

10:50, 06 may

Entertainment Tonight nashri 49 yoshli xonanda Janet Jeksonning ilk homiladorligi haqida ma`lumot berdi, deb xabar berdi “Lenta.ru”  nashri.

Ammo xonandaning o`zi bu haqda Instagram va Twitter sahifalarida hech qanday izoh qoldirmagan. Janet Jekson 16 may kuni 50 yoshga to`ladi. U aprel oyida o`tkazishni rejalashtirgan konsertini noma`lum sabablarga ko`ra ko`chirib, bunga “Oilaviy sharoiti”ni vaj qilib ko`rsatgan edi. U 2012 yilda qatarlik milliarder Vissam Al Mannga turmushga chiqqan. Uning dunyo bo`ylab o`tkazilishi rejalashtirilgan barcha gastrol safarlari ham bekor qilingan.   

Janet Jekson Maykl Jeksonning singlisi bo`lib, etti yoshligidan qo`shiq aytadi. Xonandalikdan tashqari, filmlarda ham aktrisa sifatida suratga tushib keladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!