Yosh chegarachilar Chirchiqda bellashmoqda

10:56, 06 may

Chirchiq shahrida “Yosh chegarachilar” an`anaviy harbiy-vatanparvarlik musobaqalarining mamlakat bosqichi boshlandi. 

Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo`mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi, Madaniyat va sport ishlari, Sog`liqni saqlash vazirliklari va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda kasb-hunar kollejlari o`quvchilari, harbiylar ishtirok etdi. 

Musobaqaning hududiy bosqichlarida ishtirok etgan 4 ming nafarga yaqin o`quvchidan mamlakat bosqichiga yo`llanma olganlar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy tayyorgarlik, birinchi tibbiy yordam, tarix, chet tillar, O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to`g`risida”gi qonunini bilasizmi?” kabi 20 ga yaqin yo`nalish bo`yicha o`z bilim va mahoratini sinovdan o`tkazmoqda. 

O`quvchi-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yosh avlodning Vatanimiz chegaralari daxlsizligi va xavfsizligini ta`minlashdagi mas`uliyatini kuchaytirish, ularni sportga keng jalb etishga qaratilgan musobaqaning final bosqichida Qoraqalpog`iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan jamoalar o`zaro bahslashmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!