Britaniyalik juftlik Garri Potter filmi uslubida to`y qilishdi

11:47, 06 may

Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida yashovchi juftlik Garri Potter filmi uslubida to`y qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Kessi (Cassie) va Lyuis Bayromi (Lewis Byrom) tadbirni Joan Rouling qalamiga mansub Garri Potter haqidagi asariga mos ravishda o`tkazishga harakat qilishdi. Kiyimlar, joy, taomnoma asarda tasvirlangan voqealarga asoslandi. Ular to`yni shahar ma`muriyati binosida o`tkazishdi, unda 130 kishi ishtirok etdi. To`y qasamyod paytida juftlik Joun Rouling asari parchalaridan foydalanishdi. To`yning davomi Midland mehmonxonasida bo`lib o`tdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!