Barmoqlar uzunligi xulq-atvoringizni belgilashini sinab ko`ring

11:51, 06 may

Aytishlaricha, barmoqlar uzunligi inson tabiatini, fe`l-atvorini belgilar ekan. Buning to`g`riligini o`zingiz tekshirib ko`ring.

Suratga qarang, chap qo`lingizga e`tibor bering, suratda ko`rsatilgan A, V, va S variantlarning qaysi biriga mos kelishini aniqlab oling.

1. A: Istarasi issiq, ammo hamma narsadan foyda ko`zlovchi

Agar to`rtinchi barmog`ingiz ko`rsatkich barmog`ingizdan biroz uzunroq bo`lsa, boshqa odamlarning nazarida u darajada yoqimtoy, jozibali bo`lib ko`rinmaysiz.

Bunday odamlar dadil, mard, tavakkalchi, shu bilan birga aqlli, mantiqan fikrlovchi bo`lishadi. Ular turli boshqotirmalarni, krossvordlarni, mantiqiy masalalarni osonlik bilan echadilar. Eng qizig`i ular boshqalardan ko`ra ko`proq pul topadilar. Qizlar yigitlarning aynan shu barmog`ida nikoh uzugining yo`qligiga e`tibor bersalar yaxshi bo`lardi, agar nikoh uzugi ko`zga tashlanmasa, unga turmushga chiqsalar, baxtli hayot kechirishadi. Bunday insonlardan olim, injener va harbiy kasb egalari chiqadi. 

Tadqiqotlar to`rtinchi barmog`i ko`rsatkich barmog`idan uzun bo`lgan erkaklarga, muhabbat va sport bobida omad kulib boqishini ko`rsatdi. Ular ayollar orasida katta hurmat-e`tiborga sazovor bo`lishadi, bunday fazilat sportchilarga va Don Juanlarga xosdir.

2. V: Bosh mezon — xudbinlik

To`rtinchi barmog`i ko`rsatkich barmog`idan kalta bo`lgan odamlar juda kalandimog` bo`lishadi. Ular yolg`izlikda ham maza qilib dam olishlari mumkin. Ularni bezovta qilsangiz, baloga qolasiz. Bunday insonlar hech qachon birinchi bo`lib, biror ishga qo`l urmaydilar, tashabbus ko`rsatmaydilar, bu munosabatlar va biznesga ham taalluqli. Shunga qaramay, hurmat-e`tiborni, maqtovlarni yaxshi qabul qiladi. Bunday barmoqqa ega erkaklar biznes va sportda katta muvaffaqiyatlarga erisha olmaydilar.

3. S: Asosiy fazilati — nizolardan qochish  

To`rtinchi barmoq bilan ko`rsatkich barmoq teng bo`ladigan bo`lsa, bunday insonlar tinchlikparvar, mehribon, urush-janjallardan qochadigan inson bo`lishadi. Ular tartib-intizomni yaxshi ko`rishadi. Hamma bilan birdek til topisha oladi. Ishiga, oilasiga, do`stlariga sodiq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!