Ispaniyada sirkidan inson hayotiga xavf solishi mumkin bo`lgan hayvon qochdi

12:32, 06 may

Ispaniyaning Palos-de-la-Frontera sirkidan gippopotam qochib ketdi. Uning qanday qilib sirk hududidan chiqqanligi sababi noma`lum, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Sayr davomida qochoq bemalol avtorassada sayr qilib, o`t eb yurgan, odamlarni qo`rqitgan. Guvohlar uni suratga, videoga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylashgan. Nihoyat uni qo`lga olib, sirkka qaytarishgan.

Gippopotamning uzunligi bir yarim metrni, o`rtacha og`irligi bir yarim tonnani tashkil etadi. U juda tajovuzkor hayvon hisoblanib, inson hayotiga xavf soladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!