AQShda 110 yoshli eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi vafot etdi

16:43, 06 may

AQShning Luizana shtatida yashovchi 110 yoshli, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Frenk Levingston vafot etdi. Jurnalistlar uni eng keksa urush qatnashchisi deb e`tirof etishgan, u Italiya va Shimoliy Afrikadagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Frenk Levingston 1905 yilning 13 noyabrida dunyoga kelgan. U Luizana shtatining shimolida yashagan, 1942 yilda harbiy xizmatga chaqirilgan, 1943 yilda Levingston bir qancha xalqaro harbiy kampaniyalarda ishtirok etgan.

1945 yilda iste`foga chiqqan va sement biznesi bilan shug`ullangan, hech qachon uylanmagan, farzandlari yo`q.

2015 yilning dekabr oyida Levingston yaponlarning 1941 yil 7 dekabrda Perl-Xarborga uyushtirgan hujumiga bag`ishlab Vashingtonda o`tkazilgan xotira tadbirida veteranlar delegasiyasi tarkibida ishtirok etgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!