“Arsenal” yarim himoyachisidan ayrildi

17:04, 06 may

“Arsenal” klubi yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen bir muddat avval jarohatidan forig` bo`lib, safga qaytgandi. Angliyalik futbolchi navbatdagi mashg`ulotda yana og`riq sezdi va 6-8 haftaga safdan chiqdi.

— Afsuski Aleks jarohat oldi va 6-8 haftaga safdan chiqdi. U katta ehtimol bilan Evro–2016 turnirida ishtirok etmaydi. Shifokorlar va Aleksning o`zi bilan gaplashdim. U iyul boshida safga qaytishi ko`zda tutilgan, – dedi Venger.

Eslatib o`tamiz, Fransiyada bo`lib o`tadigan Evro–2016 turniri 10 iyundan 10 iyulgacha o`tkaziladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!