Leonardo Di Kaprio navbatdagi qora sochli ma`shuqasi bilan qo`lga tushdi

11:47, 07 may

Aktyor so`nggi paytlarda faqat qorachadan kelgan ayollarga ko`proq e`tibor qaratmoqda, deb xabar berdi “Elle.ru” nashri.

Dunyo Leonardo Di Kaprio va uning qorachadan kelgan mahbubasi haqidagi afsonaga to`lib toshdi. Ilgarilari Gollivud aktyorining ishqiy ro`yxatida faqat malla soch xonimlar etakchilik qilgan bo`lsa, endilikda paparassilar uning Nyu-York tunggi klublaridan birini notanish qorchadan kelgan qiz bilan tark etayotganini fosh qilishdi. Paparassilar ular mashinaga o`tirganlariga qadar, suratga olishga ulgurishdi.  

Barcha suratlarda Leo yuzini qo`li bilan berkitgan bo`lsa, uning hamrohi esa aksincha mamnuniyat bilan suratga tushdi. U Leoning ilgarigi ma`shuqalari kabi xushqomat va chiroyli qiz bo`lib, boshqalardan sochining rangi bilan ajralib turadi. Shunga qarab, aktyor qorachadan kelgan qizlarga ko`proq e`tibor beryapti degan xulosaga kelish mumkin.

Eslatib o`tamiz, Leonardo Di Kaprio va barbadossalik xonanda Rianna o`rtasida ham ishqiy munosabatlar borligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ular birgalikda  Coachella festivalida ishtirok etishgan. Ayni paytda Rianna gastrol safarida bo`lganligi tufayli Leo vaqtini bekor o`tkazgisi kelmaganga o`xshaydi. Bundan Rianna ham xavotirga tushmayotganligi, u ham safar davomida reper Dreyk bilan vaqtini bekor o`tkazmasligi haqida mish-mishlar bolalagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!