“O`zbekiston havo yo`llari” Voronejga qatnov yo`lga qo`ydi

09:38, 10 may

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi Voronejga qatnov ochilgani haqida e`lon qildi.

Joriy yilning 14 iyunidan Voronejga yangi muntazam yo`lovchi qatnovlari yo`lga qo`yiladi. Qatnovlar haftasiga bir marta seshanba kunlari zamonaviy A-320 laynerlarida amalga oshiriladi.

Qatnovlarni bajarish jadvali HY– 715 qatnovi: Toshkent - 18:55, Voronej - 21:00

HY – 716 qatnovi: Voronej - 23:00, Toshkent - 04:40 (chorshanba).

Qatnovlarning bajarilishi har bir jo`nab ketish punkti bo`yicha mahalliy vaqtda ko`rsatilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!