Zlatan Ibragimovich Fransiyada tengsiz bo`ldi

10:36, 10 may 2016

“PSJ” klubi etakchisi Zlatan Ibragimovich 2015/16 yilgi mavsumda Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

34 yoshli futbolchi ushbu sovringa da`vogarlik qilgan jamoadoshi Anxel Di Mariya, “Nissa” etakchisi Xatem Ben-Arfa hamda “Marsel” yarim himoyachisi Lassana Diarrani ortda qoldirdi.

Tajribali forvard  mamlakat chempionatining 29 o`yinida 35 ta gol kiritgan va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!