Yigitali MAMAJONOV: “Rayhonga uylanib yoshlik qilgandirman...”

11:29, 10 may

Aktyor bo`lg`usi turmush o`rtog`ini qanday tasavvur qilishi haqida aytdi. 

Bugungi kunda o`zbek kinosining yuqori pillapoyalari sari intilayotgan aktyor Yigitali Mamajonov o`zining betakror rollari va obrazlari bilan muxlislar qalbidan tobora chuqur joy olmoqda. 

“Sabo” gazetasining navbatdagi sonida aktyor o`zining bugungi ijodi va kechinmalari bilan o`rtoqlashdi. Aktyor Rayhon endi o`tmishda qolgani va bo`lg`usi turmush o`rtog`ini qanday tasavvur qilishi to`g`risidagi savolga javob berdi:

—  Eng avvalo, oila a`zolarim va yaqinlarimni hurmat qilishi muhim. Qalbi, tashqi qiyofasi, ko`zlari chiroyli bo`lishini istayman. Kelajakda qiz farzand ko`rsam onasiga, o`g`il bo`lsa menga o`xshashini hohlayman. Rayhonga uylanib balki yoshlik qilgandirman. Lekin, nazarimda, bu mening taqdirimga yozilgan bo`lsa kerak. Hayot yo`llarimda nimaiki bo`lmasin, barchasi yaxshilikka deb o`ylayman. Egizaklarim – Islom va Imron bilan hozircha haftada bir marta ko`rishamiz. Ikkalasi ham juda aqlli bo`lib borishyapti.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!