Ronaldu “Santyago Bernabeu”da yubiley golini kiritdi

11:38, 10 may

“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Valensiya”ga qarshi (3:2) Ispaniya chempionati 37-turida ikkita gol kiritdi

Uchrashuvning 26-daqiqasida 31 yoshli futbolchi “Santyago Bernabeu” stadionidagi 200-golini urishga erishdi. 59-daqiqada esa u 201-golini ham nishonladi. Krishtianuning “Santyago Bernabeu”da barcha turnirlarda 201 ta gol kiritish uchun 172 o`yin kifoya qildi. 

“Qirollik klubi”ning o`y maydonida Ronaldu ilk bor 2009 yilning 29 avgustida gol muallifi bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!