Sardor Rahimxon konsertida muxlislarni tik turib olqishlashga nima majbur qildi?(Foto)

11:49, 10 may

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon 9 may kuni “Istiqlol” san`at saroyida o`zining “Har kuning ulug` ne`mat” deb nomlangan konsert dasturiga start berdi. Konsert dasturiga o`zbek shou-biznesining ko`plab taniqli vakillari tashrif buyurdi. Ular orasida aktrisalar Zuhra Ashurova, Muqaddas Xoliqova, Asal Shodieva, aktyor Adiz Rajabov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Rayhon G`anieva, Alisher Fayzlar bor edi.  

 

Kosertda Vatan tinchligi uchun jon fido qilgan askarlarga bag`ishlangan tarona yangraganida, barcha o`rnidan turib, xonanda va askar onasini olqishladi. Bu haqda xonandaning o`zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida quyidagicha yozib qoldirdi: 

 

“Azizlar, konsertni shu joyida bilmadim, nima bo`ldi, lekin ko`zimdagi yoshimni to`xtolmadim, askar onajonisi uchun chalingan qarsaklar uchun askar oilasi nomidan mingdan ming rahmat!”

    

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!