Toshkent Fotosuratlar uyida yangi ko`rgazmalar ochildi

11:56, 10 may

Toshkent Fotosuratlar uyida rangtasvirchi rassom Abduvali Mo`minovning «Qadriyat, e`tibor va e`zoz» deb nomlangan shaxsiy ko`rgazmasi tashkil etildi. 

Mazkur ekspozisiyadan Mo`minovning urush yillarida o`zbekistonliklarning front va front ortidagi jasorati, matonati, fidokorona mehnati, avlodlarga o`rnak bo`lgulik sabr-qanoati aks ettirilgan oltmishdan ortiq asari o`rin olgan.

Fotosuratlar uyida O`zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi urush va mehnat faxriylari sho``basi a`zolari asarlaridan iborat «Xotira aziz, inson qadri muqaddas» nomli ko`rgazma ham ochildi.

Ko`rgazmada Sh. G`ofurovning «1945 yil olmalari», E. Masharipovning «Qizil daraxtlar», «Chorbog` tog`lari», E. Gadeskiyning «Qizil gilos», «Chorbog`ning erta tongi», A. Sluginning «Musaffo osmon uchun», A. Batikovning «Ertaga 9 may», «41 yilni eslab», G. Serovning «G`olib askar», «Beldersoy tog`lari», E.Shubinaning «Doimo quyosh bo`lsin!», «Sokinlik», R. Azixonovning «Toshkent bokschilari» asarlar turkumi,V. Dedenevaning keramikada ishlangan ellikka yaqin ijod namunasi bilan tanishish mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!