11 may kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

14:03, 10 may

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11 may kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-15, kunduzi 26-28 daraja issiq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17,  kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22,  kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi. 

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi,  yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi. 

Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.   

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19, kunduzi 21-26 daraja issiq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lish ehtimoli bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol momaqaldiroq paytida sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja issiq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!