“PSJ” ustozi Loran Blan Fransiya chempionatida eng yaxshi murabbiy bo`ldi

14:20, 10 may

PSJ jamoasi bosh murabbiyi Loran Blan 2015/16 yilgi mavsumda Fransiya chempionatining eng yaxshi murabbiy deb topildi. Bu haqda championat.com xabar bermoqda

Eng yaxshi murabbiy nomiga Terri Lore (“Gazelek Ayachcho”), Stefan Mulen (“Anje”) va Klod Pyuel (“Nissa”) da`vogarlik qilishgandi.

Eslatib o`tamiz, 50 yoshli mutaxassis qo`li ostida PSJ chempionat yakunlanishiga 8 tur qolganida Fransiya chempioni bo`lgandi.  Ayni damda parijliklar ikkinchi o`rinda borayotgan “Lion”dan 27 ochko oldinda bormoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!