Gresiyadagi qochoqlar lagerida ilk nikoh to`yi o`tkazildi

15:19, 10 may

Gresiyaning Idomen shahrida joylashgan qochoqlar lagerida suriyalik yoshlar ilk nikoh to`yini o`tkazishdi, deb xabar qildi “Gazeta.ru” nashri. To`y palatkalardan birida bo`lib o`tdi, uni tashkil qilishda lager xodimlari jonbozlik ko`rsatishdi, kelin-kuyovlarga sovg`a sifatida tort hadya etishdi.

Kuyovning aytishicha, sevgilisi bilan to`yni Germaniyada o`tkazishni rejalashtirishgan, ammo ular Gresiyadagi qochoqlar lagerida 6 haftadan beri ushlanib qolganliklari tufayli bu ishni keyinga qoldirishni istashmagan. Bu bilan ular muhabbat joy, chegara, maskan tanlamasligini, ularning sevgisi hattoki terrororistik guruhlar ustidan ham g`alaba qozonishi mumkinligini isbotlashgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!