Germaniyadagi vokzalda qurollangan shaxs 4 kishini yaraladi

15:53, 10 may

Germaniyaning Bavariya shahridagi vokzalda pichoq ko`targan shaxs to`rt kishini jarohatladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Hodisa Myunxen shahri sharqiy tomonida joylashgan Grafing shahrida yuz berdi. Hozirda jinoyatchi qo`lga olingan. G`arb OAVlarining ma`lum qilishicha, jabrlanganlar soni besh nafarni tashkil etishi ham mumkin. 

Hodisa oqibatida vokzalning mazkur hududida poezdlar harakati cheklab qo`yilgan.    

Ma`lumot uchun, 2015 yilda Germaniya o`z hududiga million ikshidan ortiqroq qochoqlarni qabul qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!