Britaniyalik baronessa yosh bola deb o`ylab, 22 yoshli vetnamlik yigitni ko`tarib oldi

16:45, 10 may

Meyfera baronessasi, shu bilan birga ichki kiyimlar ishlab chiqaruvchi industriya magnati Mishel Mone (Michelle Mone) 22 yoshli vetnamlik yigitni yosh bola deb o`ylab, ko`tarib oldi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Britaniyaning ichki kiyimlar bilan savdo qiluvchi Ultimo brendi asoschisi Vetnamda o`tkazilgan tadbirkorlar konferensiyasida noqulay vaziyatga tushib qoldi. U konferensiyada so`zga chiqib bo`lgach, 3 ming kishi o`tirgan auditoriyadan Ten Fat Nguen ismli vetnamlik yigit chiqib, unga gul uzatdi. Uni 6 yoshlardagi bolakay deb o`ylagan baronessa suratga tushish uchun qo`liga ko`tarib oldi. OAVlarning xabar berishicha, xuddi shu payt birinchi qatorda o`tirgan ayollardan biri undan erini erga tushirishni talab qilgan. Monening aytishicha, zal kulgidan larzaga kelgan.

Bo`lib o`tgan voqeani baronessa tvitterida “eng uyatli lahza” deb atadi. Keyinchalik gul hadya etgan yigit 22 yoshda, ko`chmas mulk savdosi bilan shug`ullanishi, ammo hamon “qalban bola ekanligi” aniqlangan. 

Nguen konferensiyada bo`lib o`tgan kulgili holatni tasdiqlagan, ammo uylanmaganligi, hech qanday rafiqasi yoki sevgan qizi yo`qligini, Mone esa uning kumiri ekanligini aytgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!