Sardor Rahimxon rafiqasiga o`zining qaysi odati yoqmasligini aytdi

17:10, 10 may

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon ijodi va shaxsiy hayotiga oid ko`plab savollarga javob berdi. 

“Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida xonanda rafiqasi o`zidagi qaysi odatni yoqtirmasligi haqida gapirdi.

“Juda ta`sirchanligim, hammani do`st deb bilishim, yaqin olib yuborish odatim yoqmaydi. ‘Sizdan,oqko`ngil ekanligingizdan hamma foydalanadi, sal qattiqqo`lroq bo`lishingiz kerak. Siz ham sal o`zingizni o`ylashingiz kerak, nuqul o`zingizni o`ylamay, hammani o`ylayverasiz’, deydi. Bu odat menga otamdan o`tgan, bu narsani yo`q qilib bo`lmaydi. Ma`qul kelgan fazilatlarimga kelsak, hamma fazilatlarim yoqsa kerakki, menga turmushga chiqib, baxtli yashab kelyapmiz”,—deydi xonanda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!