Gidrometeorologiya markazi O`zbekistonda navbatdagi kuchli shamol qachon kuzatilishini ma`lum qildi

17:16, 10 may

Gidrometeorologiya markazi mutaxassislari O`zbekiston bo`ylab navbatdagi kuchli shamol qachon kuzatilishini ma`lum qildi.

Ma`lum bo`lishicha, 14 may, shanba kuni O`zbekiston bo`ylab tezligi soniyasiga 17-22 metrgachani tashkil qiladigan kuchli shamol kuzatiladi. 

Shu kuni qisqa muddatli yog`ingarchiliklar va momoqaldiroq bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi 25-30 daraja iliqni tashkil etadi.

8 may kuni kechqurun respublikaning barcha hududlarida kuchli shamol kuzatildi. Oqibatda daraxtlar sinib avtomobillar ustiga va yo`lning qatnov qismiga quladi. Toshkent hamda boshqa shaharlarda elektrenergiya o`chishi kuzatildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!