Sergey Lazarev “Evrovideniya-2016” finaliga chiqdi

10:28, 11 may

Rossiyalik xonanda Sergey Lazarev tomoshabinlarning bergan ovozlari bilan “Evrovideniya-2016” finaliga chiqdi. Musiqali tanlovning birinchi yarim finali Shvesiyaning Stokgolm shahrida bo`lib o`tdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Sergey Lazarev You Are The Only One kompozisiyasi bilan tanlovda to`qqizinchi raqam ostida ishtirok etdi. Filipp Kirkorov rahbarligidagi guruh bu qo`shiqni aynan unga atab yozgan va hozirdanoq bu qo`shiq tanlovda etakchilik qilmoqda.

“Globa Arena” sahnasida tanlovning 18 nafar ishtirokchisi o`z qo`shiqlarini tomoshabinlarga havola etdi. Sergey Lazerev bilan birga “Evrovideniya-2016” finaliga Ozarbayjon, Niderlandiya, Vengriya, Xorvatiya, Avstriya, Armaniston, Chexiya, Kipr va Malta xonandalari ham chiqqan.

“Evrovideniya-2016” ning ikkinchi yarim finali 12 may kuni bo`lib o`tadi. 14 may kuni eng zo`r xonanda deb tan olingan qo`shiqchi sahnaga chiqib, tomoshabinlarni o`z qo`shig`idan bahramand etadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!