Yangi tug`ilgan 5 egizaklarning fotosessiyasi Facebook`ni zabt etdi(Foto)

10:40, 11 may

Avstraliyaning  Pert shahrida yashovchi besh egizakning onasi ilk marta farzandlari bilan birga tushgan suratlarini keng ommaga namoyish etdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Facebook ijtimoiy tarmog`ida e`lon qilingan suratlar qisqa vaqt ichida minglab internet foydalanuvchilarining e`tiborini jalb qildi.

Kim va Von Tuchchilar 2016 yilning yanvarida to`rt nafar qiz va bir o`g`ilning ota-onasiga aylangan edi.

26 yoshli Kim yo`rgaklangan chaqaloqlar bilan birga suratga tushdi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, egizaklar uchun bir haftada 350 ta taglik ishlatiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!