"Barselona" Neymarni eng qimmat futbolchilardan biriga aylantiradi

10:54, 11 may

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi rahbariyati klub hujumchisi Neymar bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda El Mundo Deportivo. 

Ma`lumotlarga ko`ra, "ko`k-anor ranglilar" braziliyalik futbolchiga 2021 yilga qadar mo`ljallangan kelishuv taklif qilmoqchi hamda uning tovon pulini 190 mln evrodan 220 mln evroga oshirmoqchi.

Ayni damda “Barselona”ning boshqa bir hujumchisi Messi uchun eng katta tovon puli belgilangan. Uni sotib olmoqchi bo`lganlar 250 mln evrodan voz kechishi kerak bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!