30 yil yashagan mushuk Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi

11:42, 11 may

AQShning Texas shtati Mensfild shahrida yashovchi Skuter laqabli siam mushugi eng keksa mushuk sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Skuter 2016 yilning 26 mart kuni 30 yoshga to`lgan.

Mushuk egasi Geyl Floydning so`zlariga ko`ra, mushukning bunday uzoq umr ko`rishiga uning harakatchanligi, faolligi sabab bo`lgan. Mushuk judayam sayohatni xush ko`radi, u AQShning 45 ta shtatini kezib chiqqan. Cho`milgandan keyin fenda quritishlarini, taomdan esa tovuq go`shtini tanovul qilishni xush ko`radi. 

Skuterdan ilgari Texaslik 38 yoshli mushuk eng keksa mushuk sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan edi. Dunyoning eng keksa iti ham 30 yil umr ko`rgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!