Hindistonlik ayol 72 yoshida ilk farzandini dunyoga keltirdi

12:03, 11 may

Hindistonning Xaryana shtatida yashovchi 72 yoshli ayol ilk marotaba ona bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Daljinder Kaur (Daljinder Kaur) 2016 yilning aprel oyida ilk farzandini dunyoga keltirdi, ammo bu xabar endigina OAVlarda e`lon qilindi. Keksa ayol ikki yil davomida ekstrakorporal urug`lantirish (EKU) kurslarini qabul qilgan va homilador bo`lgan. Uning 79 yoshli turmush o`rtog`i Kaur bolaning biologik otasi hisoblanadi.

Keksa ayolni nazorat qilgan klinika rahbari Anurag Bishnoyning aytishicha, ayolning homilador bo`lishiga ishonmagan, ammo test natijalari uning homilador bo`la olishini tasdiqlagan. 

Daljinder Kaur 2008 yilning noyabr oyida, 70 yoshida EKU yordamida farzand ko`rgan ayol Rajo Devi Loxanning rekordini takrorladi. O`sha paytda 70 yoshda bo`lgan Loxan tug`ruq asoratidan vafot etishiga bir bahya qolgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!