Hojiakbar Haydarov: “Do`lana”da suratga tushgan aktyorlar menga e`tiroz bildirmadi

12:26, 11 may

Yosh xonanda Hojiakbar Haydarov “Do`lana” qo`shig`ini kuylagach, keskin tanqidlarga uchradi. Qo`shiqqa suratga olingan klip ham kutilgan natijani bermadi. Unda suratga tushgan aktyorlar O`zbekiston xalq artistlari Erkin Komilov va Tesha Mo`minovlar ham “Do`lana” klipining ssenariysidan bexabar bo`lgani,unda suratga tushganidan afsuslanganini aytgan edi.

“Daryo” nashri Hojiakbar Haydarovdan ustoz aktyorlar klip yuzasidan uning o`ziga e`tiroz bildirganiga aniqlik kiritdi

“Klipda suratga tushishga rozilik bildirishgani, vaqtlarini ayamaganliklari uchun ustozlarimizga katta rahmat. Lekin, to`g`risi, ular nima uchun bunday fikrlar bildirishganiga menda aniq bir javob yo`q”,—deydi xonanda.

“Ular siz bilan ko`rishib yoki telefon qilib, e`tiroz bildirishdimi?” degan savolga javoban u shunday dedi:

“Yo`q, hech kim menga e`tiroz bildirmadi. Ustozlarimizning so`zlarini faqat gazeta orqali o`qidim, xolos”.

Eslatib o`tamiz, bundan avval O`zbekiston xalq artisti Erkin Komilov “Do`lana” da suratga tushganidan afsusda ekanligini bildirgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 20:28, 12 may
Клип хам кушик хам зур чикган