Oltoylik pensioner ayol ikki kun botqoqda yordam kutdi

15:24, 11 may

Rossiyaning Oltoy viloyatidagi Zarin tumanida yashovchi ayol qo`ziqorin terish maqsadida o`rmonga kirib, adashib qoldi. U o`rmondan chiqish yo`llarini qidirib, botqoqqa botgan va ikki kun mobaynida botqoqda yordam kutgan, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

“Qo`ziqorin terish maqsadida ayol 8 may kuni o`zi yashaydigan aholi punktidan qarama-qarshi tomonga ketgan va natijada adashib, botqoqqa botib qolgan. U FVV xodimlari tomonidan qutqarilgan”, deb ma`lumot berdi FVV vakili. Ayni paytda ayol kasalxonaga yotqizilgan, sog`ligi yaxshi, hayoti xavf ostida emas.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!