Aktrisa Shahzoda Matchonova muxlislariga xushxabar etkazdi

15:26, 11 may

Aktrisa Shahzoda Matchonova o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali muxlislariga muhim yangilikni etkazdi. 

Aktrisa ertaga Qirg`izistonning Bishkek shahriga uchib ketadi. 

“Menda xushxabar bor. Ertaga Qirg`iziston Milliy mukofoti “Ak Ilbirs”ning topshirish marosimida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga uchib ketaman. Taqdirlash marosimi 13 may kuni bo`lib o`tadi. Yolqin To`ychievning ‘Suv parisi uchun uy’ filmi “Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi” nominasiyasida ishtirok etmoqda. Shuning uchun men juda baxtliman. Bizga omad tilang!”,—deb yozdi Shahzoda. 

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan “Suv parisi uchun uy” filmi ijodkorlariga omad tilaymiz!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 17:00, 12 may
tabriklayman.omad yor bo`lsin!