"Chelsi" futbolchisi o`z uyida burnini sindirib oldi

15:28, 11 may

Londonning "Chelsi" futbol klubi yarim himoyachisi Pedro Rodirges "Liverpul"ga qarshi Angliya chempioanti 30-tur qoldirilgan o`yinida maydonga tushmaydi. Bunga sabab sifatida ispaniyalik futbolchining o`z uyida burnini sindirib olgani ko`rsatilmoqda. 

"Pedro klubning so`nggi mashg`ulotlarida qatnashmadi. U "Liverpul" bilan o`yinda maydonga tusha olmaydi. Chunki Pedro uyida yiqilib, burnini sindirib olibdi. Umid qilamanki, u tez orada mashg`ulotlarga qaytadi, - dedi "Chelsi" bosh murabbiyi Gus Xiddink. 

Ma`lumotlarga ko`ra, Pedro katta ehtimol bilan maxsus niqob taqib yubradi. Joriy mavsumda ispaniyalik xavbek 9 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!