Tailandda timsoh hayvon o`rgatuvchining boshini tishlab oldi (Video)

15:31, 11 may

Tailandda sayyohlar uchun o`tkaziladigan timsohlar shousi fojia bilan tugashiga oz qoldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Avvaliga bir hayvon o`rgatuvchi timsohni dumidan sudrab sahnaga olib chiqqan, ikkinchisi esa ataylab uning jig`iga tekkan. Shundan keyin ulardan biri timsohning og`ziga boshini suqqan, timsoh esa shiddat bilan og`zini yopgan. 

Tomoshabinlar bu qo`rqinchli manzaradan dahshatga tushishgan. Ammo timsoh hayvon o`rgatuvchini o`ldirish niyatidan qaytib, uni qo`yib yuborgan. Timsohni dumidan tutib qolishga bo`lgan harakatlarga qaramay, u sahna yaqinida joylashgan hovuzga sakragan. 

Bu videorolik ijtimoiy tarmoqda keng tarqaldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!