“Oyqiz ertagi” Yulduz Rajabova va Yigitali Mamajonovni qanday sinovlarga duchor qildi?

17:06, 11 may

Rejissyor Akbar Bekturdiev o`zbek kino tarixidagi eng qimmat filmni suratga olgani haqida xabar bergandik. Byudjeti 1,6 mlrd so`mni tashkil qilgan «Oyqiz ertagi» “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan suratga olingan ilk tarixiy ertak janridagi film bo`ldi.

Ma`lum bo`lishicha, film bosh qahramoni Yulduz Rajabova s`yomka jarayonlarida bir necha marotaba hushidan ketgan. Xo`sh, bu qanchalik haqiqat, bunday holatga nima sabab bo`lgan? 

—Juda ko`p emas, bir-ikki marotaba hushimdan ketdim. Chunki suratga olish jarayonlari Xivada, ichkari cho`lda bo`ldi, kiyimlarimiz esa eski va juda qalin edi. Oyoqlarimizda etiklar... Qumli joylar bo`lgani uchun, bu qum ham yaxshigina qizdirar edi. Kiyib olgan kiymim qalin va yaxshi havo o`tkazmaganligi uchun, hushimdan ketgan vaqtlarim ham bo`ldi. Ammo bundan keyin yana o`zimga kelib, suratga olish ishlarini davom ettirdik. Chunki ko`pdan buyon shunday filmni, shunaqa jamoani kutgan edim.

Aktyor Yigitali Mamajonov ham filmdagi jang sahnalarida, murakkab tryuklarda o`zi ishtirok etgan, bu haqda uning o`zi shunday deydi:

—Biz uchun bu narsalar qiyinchilik emas, balki rohatdir. Chunki bolalagimdan tomdan-tomga sakrab ancha toblanganman. Qiyinchilik ozgina kiyim, jihozlari tomonidan muammo bo`lib qoldi. Kiyimlarimiz issiqlik qilgan vaziyatlar bo`ldi. Bilasiz, cho`l juda issiq bo`ladi. Bir-ikki bor oyog`imni qayirib olganimni va yuqoridagilarni hisobga olmasa, umuman qiyinchilik bo`lmadi desa ham bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!