Odil Ahmedov jarohat oldi va uning safga qaytish muddati noma`lum

10:34, 12 may

​O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori hamda “Krasnodar” klubi a`zosi Odil Ahmedov Rossiya chempionatining 28-turida jarohat oldi.

Ahmedov “Krilya Sovetov” klubiga qarshi (3:0) kechgan o`yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan edi, ammo 15-daqiqada raqib futbolchisi bilan to`qnashib ketdi va jarohat olib, maydoni erta tark etdi. 

Hozircha Odil Ahmedovning jarohati qay darajada og`irligi haqida ma`lumot yo`q.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!