Britaniyalik o`qituvchi o`quvchilariga bergan uy vazifasi sabab internetda mashhur bo`lib ketdi

10:37, 12 may

Britaniyaning Reding shahrida yashovchi o`qituvchi o`z o`quvchilariga uyda bajarish uchun bergan topshirig`i sabab internetda mashhur bo`lib ketdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

O`qituvchi o`quvchilariga dam olish kunlari bajarishi lozim bo`lgan vazifalar, ishlar ro`yxatini berdi. Unga ko`ra, boshlang`ich sinf o`quvchilari velosipedda uchishlari, televizor orqali o`zlarining sevimli shou yoki multfilmlarini ko`rishlari, tabassum qilishlari hamda do`stlari bilan ochiq havoda sayr qilishlari lozim edi.

Facebook ijtimoiy tarmog`ida e`lon qilingan mazkur topshiriq qisqa fursat ichida 75 mingdan ortiq “layk” yig`di.

Izohlarda aksariyat foydalanuvchilar o`qituvchining yondoshuviga ijobiy munosabat bildirgan.

O`qituvchi o`quvchilarini SATs imtihonini topshirish oldidan madaniy hordiq chiqarishga undagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 11:50, 12 may
Бизадан угирлашибди гояни !!!