Lolaning yangi surati muxlislar tanqidiga uchradi

12:00, 12 may

Xonanda Lola ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Instagram`da juda faol. U tez-tez mazkur ijtimoiy tarmoqqa suratlar joylab, o`zining kundalik turmush tarzi, ijodi bilan bog`liq yangiliklardan boxabar etib turadi. 

Yaqinda AQShda hordiq chiqarib qaytgan xonandaning bugun Instagram`ga joylagan surati aksariyat muxlislar tanqidiga uchradi. Gap shundaki, xonanda vanihoyat uyda ekanligini aytib, oyoq kiyimi suratini o`z sahifasiga joylashtirdi. Bu esa uning muxlislariga unchalik ma`qul kelmadi. 

“Oyoq kiyimni rasmini qo`yishdan maqsad nima, tushunmadim?”—deya e`tiroz bildirdi xonandaning muxlislari.

Ulardan biri “Shu ketishda bo`lsa hali nimalar qo`yarkan bular, tasavvur qilyapman”,deya izoh qoldirdi. 

Har doimgidek, xonandaning tarafini oladiganlar ham topildi: 

“Albatta,bir narsadan foyda bo`lish kerakmi... Bu uyga keldim degani”, dedi muxlislardan biri. 

Bundan avval xonanda muxlislaridan Moskvada konsert berishini istovchilar bo`lsa, uni qo`llab-quvvatlab, suratga “layk” bosishini so`ragan edi. 

Eslatib o`tamiz, Lola 30 aprel kuni AQShning Nyu-York shtatida jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etgan edi. Uning ishoralaridan xonanda endilikda Rossiyada konsert berishni rejalashtirayotganini payqash mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 07:41, 14 may
"Эслатиб ўтамиз, Лола 30 апрель куни АҚШнинг Нью-Йорк штатида жонли ижродаги концерт дастурини тақдим этган эди." деб ёзибсизлар, шунга #КустоҲайратда! Ўзбекистонда нега жонли ижро эта олмайди у, кимдир тўсқинлик қиладими бунга?
Гость 18:52, 12 may
oxirgi vaqtlar yoshlar uydagi muxitga qaraganda kuchani muxitini tezroq uzlashtirib oliyabdi ayniqsa sanatkor yulduzlarni agar u axmoq bulsa xam yoshlarni kuziga juda yaxshi kurinadi va ushani qilgisi keladi /Bizni yulduzlarimiz bunday kiyinsa kim olqishlaydi men lichno iltimos qilaman sanatkorlarga, milliy yoki yopiqroq kiyinishini