AQShda yashovchi O`zbekiston fuqarosi “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan hamkorlikda ayblanmoqda

12:31, 12 may

Nyu-York shahar sudi O`zbekiston fuqarosi Azizjon Rahmatovni “Islom davlati” terrorchilik guruhi bilan hamkorlik qilganlikda aybladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Azizjon Rahmatov 11 may, chorshanba kuni qo`lga olingan. Tergov bergan ma`lumotlarga ko`ra, u xavfli jinoiy guruh a`zosi bo`lib, Yaqin Sharqdagi ekstremistik guruhlarga qo`shilishni istagan odamlarga yordam berib kelgan. Bu guruh a`zolari Suriyaga borib, jangarilarga qo`shilish istagida bo`lgan insonlarni moliyaviy jihatdan ta`minlab kelgan. 

2015 yilda O`zbekistonda ekstremistik guruhlarga a`zo deb gumon qilingan fuqarolar ommaviy ravishda qo`lga olingan. Mahalliy ekspertlar bergan ma`lumotga ko`ra, Yaqin Sharqda faoliyat olib borayotgan terrorchilar tarkibida O`rta Osiyolik — 500 ta o`zbek, 360 ta turkman, 100 ta qirg`iz va 190 nafar tojik millatiga mansub fuqarolar bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!