“Barselona” himoyachisi Neymarni xudbinlikda aybladi

15:51, 12 may

“Barselona”ning argentinalik  himoyachisi Xaver Maskerano klub hujumchisi Neymarni xudbinlikda aybladi. Bu haqda Catalunya Radio xabar bermoqda

“Xudbin bo`lishni bas qil va “Barselona” haqida o`yla”, – dedi Maskerano.

Avvalroq xuddi shunga o`xshash fikrni Ispaniya termasi sobiq ustozi Xaver Klemente ham aytib o`tgan.

Eslatib o`tamiz, Neymar 2013 yilda “Santos” jamoasidan “Barselona”ga kelib qo`shilgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!